Tushkunlikdan chiqishning 13 usuli

12:46, 23 iyun

Ba`zida inson qanchalik olg`a intilmasin, ishi ortga ketib, omadsizlikka uchraydi. AdMe.ru nashri qiyin vaziyatlardan chiqib ketishning bir necha usullarini sizga tavsiya etadi, asosiysi to`xtab qolmay, hammasini yangidan boshlash lozim.

1. Sharoitni o`zgartiring. Ba`zan o`zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo`lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo`ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo`l kelar? 

2. Sport bilan shug`ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o`ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog`lom tanda — sog` aql” demagan.

3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo`lsa, o`ylash ham, nafas olish ham engillashadi.

4.Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta`sir qiladi. Yoqimli, o`zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo`lmaydi.

5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug`ullanib, o`zingizga dam bering. Ba`zi-ba`zida ishni yig`ishtirib, uyda dam olishga harakat qiling. Bir kun dam olganingizda hech nima o`zgarmaydi, balki xotirjam bo`lish va hamma narsani o`ylab ko`rish imkoniyati tug`iladi.

6. Tashqi qiyofangizni o`zgartiring. Sochingizni boshqa rangga bo`yang, soch turmagingizni, makiyajingizni o`zgartiring, liboslaringizni yangilang. Bu narsalar hayotga boshqacha ko`z bilan qarashingizga yordam beradi. 

7. Maslahat so`rashdan tortinmang. Agar biror muammoli vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat va yordam so`rashdan uyalmang. Bu masalada onangizga murojaat qilganingiz ma`qul, chunki onalar har qanday vaziyatda ham farzandini tushunishga, qo`llab-quvvatlashga harakat qiladi.

8. To`g`ri ovqatlanishga harakat qiling. Inson stressga tushganda turli fast-fudlarga ruju qo`yadi, bundan sog`ligingiz yomonlashishi mumkin. Asabiylashgan vaqtingizda ko`proq meva va sabzavotlarni iste`mol qilishga kirishing. Ular inson kayfiyatini ko`tarish xususiyatiga ega.

9. Biror kursga yoziling. Yangi hunar o`rganish — yangi imkoniyatlar kalitidir. 

10. Chet tilini o`rganing. Bu olam cheksiz siz unda yashovchi yagona inson emasligingizni eslatishning eng yaxshi usullaridan biridir. Agar birorta xitoycha yoki inglizcha so`zni o`rganishga qurbingiz etsa, hali kelajakdan umid qilsangiz bo`ladi.

11. Bir oy mobaynida biror zararli odatingizdan voz kechishga harakat qiling. Hamma narsani birdan o`zgartirishga intilmang, asta-sekinlik bilan amalga oshiring. Masalan, yarim tungacha internetda o`tirmay, vaqtliroq yotishga harakat qiling. Bir oy mobaynida bunga ko`niksangiz, keyingi oydan boshqa bir yomon odatdan qutulishga intiling. 

12. Ilgari qo`rqqan narsangizni bajarishga harakat qilib ko`ring. Kichkina g`alaba ham insonga ko`p narsa berishi mumkin. Qo`rquvni engish ham insonning o`z kuchiga ishonishiga sabab bo`ladi. 

13. Boshqalarni, o`zingizni, Koinotni kechirishga harakat qiling. Agar bizni xafa qilgan qilgan odamlarni kechiradigan bo`lsak, o`tmish ortda qoladi, u biz uchun o`z ahamiyatini yo`qotadi. Demak, kelajak sari qadam tashlashimiz, yashashimiz uchun imkon paydo bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!