Samarqandda 14 yoshli bolani tunagan talonchilar qo`lga olindi

12:52, 23 iyun

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani ichki ishlar bo`limiga Juma shahar Samarqand ko`chasida yashovchi 14 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs uni qo`rqitib qo`lidan "Nokia" rusumli mobil telefoni va 22 ming so`m pulini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu tumanda yashovchi 21 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!