Hindiston Bosh vaziri O`zbekistonga keldi

14:28, 23 iyun

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 23 iyun kuni O`zbekistonga tashrif buyurdi. 

Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o`tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kutib oldi. 

ShHT sammiti O`zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o`tadi. Unda ShHT faoliyatini me`yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog`liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!