Qirg`izistonda giyohvand moddalar olib o`tilishining oldini olish bo`yicha harbiy o`quv mashg`uloti o`tkazildi

15:48, 23 iyun

Qirg`iziston chegarachilari “Aq-Jol” nomli qirg`iz-qozoq chegara nazorat punktida giyohvandlik moddalari o`tishining oldini olish bo`yicha harbiy o`quv mashg`ulotini o`tkazdi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

“Payshanba kuni Qirg`iziston davlat chegarasining “Aqjol-avtodorojny” qirg`iz-qozoq chegara punktida giyohvandlik moddalarining chegaradan o`tishining oldini olish bo`yicha hamkorlikdagi namunali harbiy o`quv mashg`uloti bo`lib o`tdi. O`quv mashg`ulotida Qirg`iziston davlat chegara xizmati, ichki ishlar vazirligi, giyohvandlik moddalari kirib kelishini nazorat qiluvchi davlat xizmati shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Ular bunday vaziyatda nazorat punktida olib borilishi lozim bo`lgan harakatlarni namoyish etishdi.

Ssenariy bo`yicha avtomashinada olib ketilayotgan giyohvandlik moddasini xizmat hidlab ko`radi. Avtomashina sinchkovlik bilan ko`zdan kechirilganda, avtomashina yo`lovchisi davlat chegarasi orqali giyohvandlik moddasini olib o`tmoqchi bo`lganligi, paketga solib, beliga o`rab olganligi ma`lum bo`lgan. Ikkinchi ssenariyga muvofiq chegarachilar avtomashina bagajiga yashirilgan giyohvandlik moddasini fosh etish bo`yicha o`z tajriba va ko`nikmalarini namoyish etishdi. Ular nazorat punktidagi barcha kirish-chiqish yo`llarini berkitib qo`yishdi.

O`tkazilgan harbiy o`quv mashg`ulotlarini Qirg`iziston respublikasi davlat chegara xizmati bosh shtabi boshlig`i, qo`shni Qozog`iston respublikasi harbiylari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari kuzatishdi. Tadbir BMTning Qirg`izistondagi giyohvandlikka va jinoyatchilikka qarshi kurash hududiy loyihasi asosida, Yaponiya hukumatining moddiy va moliyaviy ko`magi bilan o`tkazildi.

Dunyoda Qirg`iziston orqali “shimoliy yo`l” deb ataluvchi eng katta giyohvandlik moddasi etkazib beriladigan yo`l o`tgan. Undan asosan Rossiya, MDH davlatlari va Evropaga afg`on afyuni yuboriladi. BMTning loyihasi aynan shu uyushgan jinoyatchilikning oldini olishga, chegarada nazoratni kuchaytirishga hamda davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!