Indoneziyada suv toshqini va er o`pirilishi oqibatida qurbonlar soni 56 nafarga etdi

16:21, 23 iyun

Indoneziyaning Yava orolida ro`y bergan suv toshqini va er o`pirilishi oqibatida qurbonlar soni 56 tagi etdi va 22 kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

Ilgari qurbonlar soni 43 kishi deb xabar berilgan edi, ayni vaqtda 9 kishi bedarak yo`qolgan. Nashrning xabar berishi cha, bedarak yo`qolganlarni qidirib topish bo`yicha qutqaruvchilar, harbiy askarlar, polisiyachilar va ko`ngillilar qidiruv ishlarini olib bormoqdalar.

Orolning markaziy qismi boshqa hududdan ko`ra jiddiy talafot olgan. Mavsumiy yomg`irlar har yili Indoneziyada millionlab aholi yashaydigan tog`li hududlar va tekisliklarda suv toshqini va er o`pirilishlariga sabab bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!