Rossiyalik ayol erining qarindoshlarini o`ldirish uchun qotil yolladi

17:05, 23 iyun

Rossiyaning Gelenjik shahrida yashovchi ayol erining qarindoshlarini o`ldirish uchun qotil yollagani sababli, unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri. 


Gelenjik shahrida yashovchi 35 yoshli ayol eri o`lgandan keyin meros talashmasligi uchun turmush o`rtog`ining og`ir kasallikka chalingan otasini, akasi va rafiqasini o`ldirish uchun qotil yollagan. Qotilga ayol 2 million 30 ming rubl va`da qilgan. Qotillik rejalashtirilayotganidan xabar topgan polisiyachilar yolg`ondan qotillik bo`lgani haqidagi suratlarni buyurtmachiga vositachi orqali ko`rsatishgan va pulni talab qilishgan. Ayol pulni berayotganda qo`lga olingan.

Buyurtmachi ayol Rossiya Tergov qo`mitasining Glenjik shahar tergov bo`linmasiga topshirilgan.
“Ayolga nisbatan Rossiya JKning “Qasddan uch kishiga nisbatan qotillikni tashkil etish” moddasiga binoan jinoyat ishi qo`zg`atildi va gumonlanuvchini qamoqqa olish masalasini ko`rib chiqmoqda”, deb xabar berdi Tergov qo`mitasi matbuot xizmati.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!