Xitoyda tornado oqibatida 51 kishi halok bo`ldi

12:52, 24 iyun

Xitoyning Szyansu viloyatiga yopirilgan tornado 51 kishining hayotiga zomin bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Tabiiy ofat ro`y bergan hududda soatiga 102 millimetrgacha er cho`kkan. Yirik, bir million aholisi mavjud bo`lgan Yanchen shahri chegarasida esa shamolning tezligi sekundiga 35 metrga ko`tarildi. 
Shaharda o`nlab uylar, daraxtlar vayron bo`lgan, elektruzatkich liniyalari uzilgan, avtmobillar ag`darilgan. Kasalxonalar yaradorlarga to`lib-toshgan. Mahalliy hukumat bergan ma`lumotga ko`ra, qurbonlar soni oshish xavfi mavjud.
18 iyundan 21 iyunga qadar bo`lgan vaqtda mamlakat sharqi va janubida suv toshqini oqibatida 22 kishi halok bo`lgan, 15 kishi bedarak yo`qolgan. Tabiiy ofat yuz bergan hududlardan 20 mingga yaqin kishi evakuasiya qilingan.
Szyansu — Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy viloyati bo`lib, Sariq dengiz qirg`og`ida joylashgan, aholisi zich va mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!