Toshkentda sodir bo`lgan YTH oqibatida 17 yoshli o`smir halok bo`ldi

13:22, 24 iyun

“Jiguli” rusumli avtomobil urib yuborishi oqibatida bir o`smir halok bo`ldi, ikki o`smir tan jarohati oldi, deb xabar berdi “Podrobno.uz”.

YTH 15 iyun kuni Chilonzor tumanining 20 dahasi yaqinida sodir bo`lgan. 

“Biz do`stimning uyiga yig`ilgan edik, keyin soat 21:30 larda ko`chaga chiqdik. Yo`ldan kesib o`tmoqchi bo`lib, uchalamiz yo`lni ajratuvchi chiziq ustida turganimizda, bizni mashina urib ketdi. Ko`zimni ochganimda qo`lim qonga bo`yalgandi. Haydovchi esa ustimizga kelib, bizga qarab turgan ekan. Yonimda do`stim qaltirab yotardi”, deb bo`lib o`tgan voqealarni esladi yaqinda kasalxonada davolanib chiqqan 15 yoshli Dmitriy Yakunin.

Uning aytishicha, “Jiguli” haydovchisi yonida ketayotgan mashinani quvib o`tmoqchi bo`lib, yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib qolgan. Bolalarga yo`lovchilar birinchi yordam ko`rsatib, kasalxonaga olib borishgan. O`sha kuni uch o`rtoq maktabda so`nggi imtihonlarini topshirishgan.

17 yoshga to`lish arafasida bo`lgan Andrey Xoroshev ilk zarbani o`zi qabul qilgan, u dushanba kuni miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan. 17 yoshli Sarvar Abdullaev kasalxonada bo`lib, uning ahvoli o`rtacha og`ir deb baholanmoqda. Uning boshi operasiya qilinishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!