Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlandi

13:28, 24 iyun

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tashkilotga a`zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.  

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o`tayotgan majlisda Qozog`iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboev, Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etmoqda.

Muzokaralarda ShHT faoliyatini me`yoriy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni izchil rivojlantirish, shuningdek, terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalar va qurol-yarog` kontrabandasiga, ommaviy qirg`in qurollarining tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari, Afg`onistondagi vaziyat muhokama qilinmoqda.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!