Hindistonda selfi ishqibozi va uning do`stlari Ganga daryosiga cho`kib ketdi

14:42, 24 iyun

Hindistonning shimolida chiroyli selfini amalga oshirish istagida bo`lgan etti nafar talaba Ganga daryosiga cho`kib ketdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Nashrning xabar berishicha, 22 iyun kuni kuchli jala yog`ayotganligiga qaramay, 8 nafar talabadan iborat guruh Ganga daryosi sohiliga to`plangan. Ulardan biri qirg`oqqa turib, qolganlarni suratga tushirmoqchi bo`lgan, ammo oyog`i sirg`anib daryoga tushib ketgan. Olti nafar o`rtoq bir-birini qutqarish maqsadida daryoga sakrashgan, ammo ular do`stlarini qutqarolmay, kuchli oqim ta`sirida cho`kib ketishgan. 

Yagona tirik qolgan talaba qutqaruvchilarni yordamga chaqirgan, to ular etib kelguncha 7 talaba halok bo`lgan. Metro gazetasi bergan xabarga ko`ra Mumbayning 16 ta hududida selfiga tushish taqiqlangan. Bunday chora ko`rilishiga selfiga tushish oqibatida yuzaga kelgan turli baxtsiz hodisalar sabab bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!