Pelageya turmushga chiqdi

15:15, 24 iyun

So`nggi vaqtlarda internetlarda shov-shuv bo`lgan rossiyalik qo`shiqchi Pelageya va xokkeychi Ivan Teleginning munosabatlari o`z isbotini topdi, ular turmush qurdi.

Nikoh marosimi Moskvada, to`y esa —Rublevka restoranlaridan birida bo`lib o`tdi, deya xabar beradi “Komsomolskaya pravda” nashri.

Biroq bu quvonchli hodisa ayrim sabablarga ko`ra oshkor qilinmadi. Marosim 16 iyun kuni bo`lib o`tgan.

Pelageya va Telegin to`ylariga faqat yaqin qarindoshlar va do`stlar chaqirildi. To`yda pelageya o`zi bir nechta qo`shiq ijro etdi.

Nikoh marosimidan keyin Pelageya va Telegin asal oyini o`tkazish uchun Gresiyaga jo`nab ketdi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!