Lola: “Hayotimda paydo bo`lgan inson meni o`zgartiryapti”

15:52, 24 iyun

Xonanda Lola shaxsiy hayotida o`zgarishlar bo`layotganini ma`lum qildi.

“Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta`sirida o`zgarib, mukammallashib boradi. Shaxsan men hayotimdagi ayrim voqealar sabab o`zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanyapman. Misol uchun, farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko`z bilan qaray boshladim”,—deydi Lola “So`g`diyona” gazetasiga bergan intervyusida.

“Yuragingizning bir parchasi bilan birga nafas olib, “men” o`rniga “biz” degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo`lganidan so`ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko`ra boshlaydi. Turmush o`rtog`im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o`zgarishlar, yangilanishlar paydo bo`ldi. yana ham aniqroq aytadigan bo`lsam, menga shu ajrimgacha bosib kelgan yo`l ta`sir qilgan. Ayni damda shaxsiy hayotimda sodir bo`layotgan voqealar, taqdir yo`limda bir insonning paydo bo`lgani bois, men yana o`zgaryapman. Hayotga, dunyoga o`zgacha nigoh bilan qarayapman. Bundan juda baxtiyorman”,—deya so`zlarini davom ettirdi xonanda.

Lola bilan to`liq intervyuni “So`g`diyona” gazetasining 23 iyun kuni sotuvga chiqqan 25-sonida o`qishingiz mumkin.   

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!