Buyuk Britaniya bosh vaziri iste`foga chiqadi

15:54, 24 iyun

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron iste`foga chiqishini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Britaniya jamoatchiligi referendumda Evroittifoqdan chiqib ketishga ovoz berganligi tufayli iste`foga chiqishini e`lon qildi. 

Kemeron vaziyat barqarorlashgunga qadar, kuzgacha o`z vazifasida qolishga va`da bergan. U o`zining his-tuyg`ular to`lib-toshgan nutqida jurnalistlarga qarata “Britaniya xalqining xohishini amalga oshirayotganligini, olti yil mobaynida hukumatni boshqarganidan faxrlanishini” ta`kidlab o`tgan.

23 iyun kuni Qo`shma Qirollikda Evroittifoqqa a`zolik masalasini ko`rib chiqish uchun o`tkazilgan referendumda 52% britaniyalik Evroittifoqdan chiqib ketishga, 48% qolishga ovoz bergan. Ovoz berish natijasida fond bozori faoliyati ishdan chiqqan va so`nggi 30 yil mobaynida ilk marotaba funt-sterling qiymati tushib ketgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!