Neymarning otasi “Real”ning umidini yo`qqa chiqardi

09:55, 25 iyun

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarning otasi va shu bilan birga agenti o`g`lining boshqa klublar bilan muzokaralar o`tkazmayotganini ma`lum qildi. 

“Neymar to`laqonli “Barselona”ga tegishli. Shu sabali, barcha taklif va xabarlar klub orqali o`tadi. Hech qanday takliflar haqida gap bo`lishi mumkin emas. O`g`limning amaldagi shartnomasi bor. Neymarga boshqa klublardan qiziqish bor degani muzokaralar o`tkazilyapti degani emas. U amaldagi shartnomasini tugatib berishi kerak. “Real”ning esa o`g`limni sotib olish imkoniyati nolga teng”, – dedi Neymarning otasi. 

Avvalroq 24 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “PSJ” va “Real” qiziqiyotgani ma`lum bo`lgandi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!