Messi “Barselona”dan ketmasligini ma`lum qildi

11:06, 25 iyun

“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o`zining yaxshi sport formasida ekanini bildirib, kataloniyaliklar safida uzoq yillar davomida qolishini malum qildi. 

“Men o`zimni jismonan va ruhan juda yaxshi his qilyapman. Har o`yinda va har doim maydonga chiqganim sari ruxiy tiklanib boraman. Doim aytganimdek, «Barselona» hamda uning muxlislari istaguniga qadar chin ko`nglimdan jamoa yangi yutuqlarga ega bo`lishiga uz hissamni qo`shaman. Agar jarohatlar sabab yoki omad yuz o`girmasa, «Barselona» safida hali ko`p yillar to`p suraman”, – deydi Lionel Messi.

Ma`lumot uchun, ayni damda Messi Argentina termasi safida Kopa Amerika–2016 turniri finaliga tayyorgarlik ko`rmoqda. Hal qiluvchi bahsda uning termasi Chiliga qarshi bahs yuritadi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!