Bokulik shifokorlar bemor ayolning kasal oyog`i qolib, sog` oyog`ini kesishdi

11:12, 25 iyun

Ozarbayjon respublikasi poytaxi Boku shahrida Aniologiya va mikroxirurgiya markazida 87 yoshli bemor ayolning chap oyog`i o`rniga, sog`lom o`ng oyog`ini kesishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Operasiyani o`tkazgan shifokor bu hodisani “mexanik xato” deb atadi.

“Bemorning hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan operasiya o`tkazish lozim bo`ldi, ammo mexanik xato tufayli ayolning chap oyog`i emas, o`ng oyog`i kesib tashlandi. Boshqa klinikalar ayolni qabul qilishni va unga yordam berishni istamadi. Biz uni qabul qildik, natijada shunday xatolik yuz berdi. Aslida uning ikkinchi oyog`ini ham kesib tashlash kerak edi”, deb voqeani izohladi operasiyaga rahbarlik qilgan vrach Valex Kerimov.

Uning so`zlariga ko`ra, bemor ayol qandli diabet kasalliga chalingan.

Ozarbayjon respublikasi sog`likni saqlash vazirligi bu holat bo`yicha tekshirish uchun maxsus komissiya tuzgan va huquq-tartibot idorasi tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!