Kareliyada cho`kayotgan bolalar haqida xabar bergan qiz mukofotlanаdi

11:16, 25 iyun

Kareliyaning Syamozero ko`lida cho`kkan bolalar haqida xabar etkazgan qizcha mukofotga tavsiya etildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Qizcha hozircha davolanish uchun kasalxonada yotqizilgan. Sog`ligini tiklagandan keyin qarindoshlari bilan birga taklif etilib, Kareliyada sodir bo`lgan baxtsiz hodisa tufayli cho`kkanlarni qutqarish tadbirida qatnashgan ishtirokchilar qatorida mukofotlanadi.

22 iyun kuni 12 yoshli Yuliya suvdan chiqib, do`stlarini qutqarish uchun kattalarni izlagan. Hozirda u ruhiy holatini tiklash uchun Serbskiy nomli psixiatriya va narkologiya markazida davolanmoqda. Rossiya Sog`likni saqlash vazirligi bosh psixiatri va klinika rahbari Zurab Kekelidzening ma`lumot berishicha, qizchaning o`zi kasalxonaga yotqizishlarini so`ragan.  

Kudama qishlog`ida yashovchi fuqaroning aytishicha, Yuliyaga mahalliy aholi darrov yordam bermagan. U qaerdaligini anglamay, qirg`oq bo`ylab uzoq yurgan. Yo`lda uchragan uylarning eshigini qoqsa-da, hech kim ochmagan. Qizcha ho`l kiyimda, adashib ancha yurganiga, charchaganiga qaramay, yordam so`rashdan to`xtamagan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!