Nyu-york shahridagi shirinlik do`konlaridan birida giyohvandlik moddalari saqlangan ombor topildi

11:24, 25 iyun

Nyu-York shahrining Bruklin tumanida joylashgan Gates Candy & Grocery nomli shirinlik sotish bilan shug`ullanuvchi do`konda, polisiyachilar giyohvandlik moddasi saqlangan omborni topishdi, deb xabar qildi “Lenta.ru”  nashri.

Mahalliy soliq va moliya departamenti shirinlik do`konida rejadan tashqari tekshiruv o`tkazganda shubhali, sigaret saqlanadigan joyni aniqlashgan. Bu haqda polisiya ogohlantirilganda, huquq-tartibot idorasi xodimlari tintuv o`tkazgan. Tintuv natijasida do`kondan taqiqlangan moddani o`rash, tortish uchun ishlatilgan buyumlar topilgan. Topilgan modda ko`p bo`lganidan uni polisiya yuk mashinasiga ortishning iloji bo`lmagan.  

Voqea yuzasidan Manxettenning Kuins tumanida yashovchi nomi sir tutilayotgan 33 yoshli va 46 yoshli erkak qo`lga olingan. Ularga nisbatan katta miqdorda giyohvandlik moddasi saqlash bo`yicha ayblov qo`yilib, jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!