Chili Amerika Kubogi finalida Argentinani mag`lubiyatga uchratdi

09:28, 27 iyun

Amerika Kubogi–2016 musobaqasining final bellashuvida Argentina terma jamoasi Chili futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. 

Mazkur uchrashuvning asosiy va qo`shimcha taymlarida nursiz durang qayd etildi va jamoalar “futbol lotoreyasi”ga murojat qilishdi. 

O`tgan yilgi singari bu yil ham Chili penaltilar seriyasida g`alaba qozondi – 4:2. Argentina safida Messi va Bigliya gol kirita olmadi. Chili tarkibida Arturo Vidal penaltini noaniq tepdi. Shu tariqa, Chili ketma-ket ikkinchi marta Amerika Kubogi sohibiga aylandi. 

Amerika Kubogi-2016. Final

Argentina – Chili 0:0

Penaltilar seriyasi: 2:4

Argentina: Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Maskerano, Bigliya, Banega, Di Mariya (Kranevitter, 57), Messi, Iguain (Aguero, 70).

Chili: Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas (Kastilo, 109), Vidal, Fuensalida (Puch, 80), Arangis, Sanches (Silva, 104), Medel, Dias.

Ogohlantirishlar: Dias (16), Maskerano (37), Vidal (37), Messi (40), Bosejur (52), Arangis (69), Kranevitter (94).

Chetlatish: Dias (28), Roxo (43).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!