Sardor Mamadaliev fan klubi a`zolari bilan uchrashishdan bosh tortdi

09:57, 27 iyun

Xonanda Sardor Mamadalievning fan klubi a`zolari xonandadan qattiq ranjishdi. Bu haqda xonandaning fan klubi a`zolari Hozirchashu.com nashriga maktub yo`llashdi. 

“Gap shundaki xonanda Sardor Mamadaliev bilan fan klub a`zolari mana ikki yildirki uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmokda. Shu yilning 29 iyun sanasida xonanda bilan fan klub a`zolarining uchrashuvi bo`lib o`tishi belgilangandi. Mazkur uchrashuvga fan klub a`zolari jiddiy tayyorgarlik ko`rishdi, xonanda uchun esdalik sovg`alar bilan birga o`zlari qiziqtirgan savollarini ham hozirlab quyishdi. Ammo nima sababdandir xonanda fan klub bilan uchrashishni rad etdi” – deya o`z maktubida ma`lum qiladi fan klub a`zolari. 

Fan klubning ma`lum qilishicha, xonanda chet el safariga ketishi munosabati bilan uchrashuv bekor qilingan. Mazkur holat yuzasidan Hozirchashu.com xonandaning ma`muri bilan bog`landi. Aniqlanishicha, 29 iyun kuni xonanda hech qanday chet el safariga bormagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!