Egizaklar terrorchilik guruhiga a`zo bo`lishiga qarshilik qilgan onasini o`ldirdi

11:15, 27 iyun

Saudiya Arabistonining poytaxti bo`lmish Ar-Riyod shahrida 20 yoshli egizak aka-uka “Islom Davlati” terrorchilik guruhiga a`zo bo`lishiga qarshilik ko`rsatgani bois keksa onasini o`ldirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, aka-uka Xolid va Solih onalari Xail-al Ariniyni aldab omborxonaga olib kirishgan va bir necha marotaba pichoq sanchib, o`ldirishgan. Shundan keyin ular 72 yoshli otasi va 22 yoshli akasini o`ldirishga uringan. Erkaklar og`ir tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Qotillikni amalga oshirgan egizaklar qochib ketgan. Polisiya xodimlari ularni Ar-Riyoddan 100 kilometr uzoqlikdan topdi.

Onasi farzandlarining terrorchilik guruhiga a`zo bo`lganini sezib, agar bu yo`ldan qaytmasalar, hukumatga arz qilishi mumkinligini aytgan. 25 iyun kuni Ar-Riyod shahrining barcha aholisi 67 yoshli onaning dafn marosimida qatnashdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!