Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi(Foto)

11:29, 27 iyun

26 iyun, yakshanba kuni Toshkent shahrida Malibu,Cobalt, Spark va Jiguli avtomobillari ishtirokida mudhish yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. 

Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhida Jiguli haydovchisi va guruhning boshqa a`zolari xabar berdi. Yo`l-transport hodisasi Toshkent tibbiyot akademiyasi yaqinidagi ko`prik ustida sodir bo`lgan. 

Jiguli haydovchisining so`zlariga ko`ra, Cobalt haydovchisi mast holatda bo`lgan. YTH sodir bo`lganidan so`ng Cobalt haydovchisi avtomobilini qoldirib, o`zi hodisa joyidan ketib qolgan. 

Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanayotgan Spark avtomobilini, Spark esa Malibu`ni, Malibu esa Jigulini urib yuborgan. YTH oqibatida har to`rtala avtomobilga ham jiddiy zarar etgan. Avtomobillar to`qnashuvi oqibatida mazkur yo`lda katta tirbandlik yuzaga kelgan.  

Jiguli haydovchisi YTH oqibatida hech kim jarohatlanmaganini aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!