Ukrainada chupakabra o`ldirildi

11:32, 27 iyun

Ukrainaning Chernoviskiy viloyatidagi Rukshin qishlog`ida fanga noma`lum bo`lgan hayvon o`ldirilgan. Uni qishloq aholisidan biri pichanxonada uchratib, panshaxa sanchib o`ldirgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Noma`lum hayvon qishloq ahlining tovug`ini, jo`jalarini o`g`irlab egan. Odamlarning bu hayvon chupakabra ekanligiga ishonchi komil. Hayvonning jasadi veterinarlarga ko`rsatilganda, ular bu qanday yirtqichning o`ligi ekanligini aniqlab berisholmadi. Hayvonning tishlari, orqa oyoqlari, qulog`i va bo`yni uzun bo`lgan. 

Qishloq aholisi hayvon yolg`iz bo`lmagan, uning qarindoshlari ham bo`lishi kerak, degan xulosaga kelgan va o`rmonchi bilan o`rmonni aylanib chiqishga qaror qilishgan. 

Chupakabra (isp. chupacabras — “so`rmoq” va cabra — “echki”, “qon so`ruvchi echki”) — 1950 yilda Puerto-Riko shahrida qoni so`rib olingan echkilarning jasadi topilgandan keyin afsona bo`lgan hayvonning nomi. Bu hayvonni turli kasallik va mutasiya natijasida ham paydo bo`lgan deyishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!