Toshkentda avtomobil yuvish shahobchasidan Captiva olib qochildi

12:11, 27 iyun

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB navbatchilik qismiga Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining Captiva rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini A.Qahhor ko`chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shahobchasida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Nukus ko`chasida to`xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 24 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!