Toshkentga salkam 2 kg “marixuanna” olib kirmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

15:37, 27 iyun

Toshkent shahar Bektemir IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida "Bektemir" YPX maskanida Mirobod tumanida yashovchi 32 yoshli shubhali shaxslar to`xtatib tekshirilganida, ularning qo`lidagi sumkasidan bir kilogrammdan ziyod “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!