Avtomobil birinchi marta texnik ko`rikdan qachon o`tkaziladi?

09:52, 28 iyun

“O`zimizda ishlab chiqarilgan GM engil avtomobillarini avtosalonlardan xarid qilib olganda, birinchi texnik ko`rik qachon o`tkazilishi kerak?”

B.Najimov, Kogon tumani

X.Saydaliev, Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i:

— Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro`yxatdan o`tkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik ko`rikdan o`tkazilmaydi.

Masalan, 2015 yilda sotib olingan avtomobil 2015 yilning 31 dekabriga qadar texnik ko`rikdan o`tmasligi mumkin. 2016 yil 1 yanvardan 31 avgustgacha bo`lgan vaqt oralig`ida esa texnik ko`rikdan o`tishi lozim. Undan keyin avtomobil har ikki yilda bir marta texnik ko`rikdan o`tkaziladi. Ishlab chiqarilganiga besh yildan ortiq bo`lgan transport vositalari esa (yo`lovchi tashivchilardan tashqari) bir yilda bir marta texnik ko`rikdan o`tkaziladi. 

Shuningdek, “Darakchi” gazetasining 30 iyun kuni sotuvga chiqadigan 26-sonida “Gaz chizmasida xato bo`lsa, jarima to`lanadimi?”, “Arxivga elektron so`rov jo`natish mumkinmi?”, “Mayda savdo”ning solig`i qancha?”, “Nega mahsulotlarda tayyorlangan muddat ko`rsatilmaydi?”, “Piyodalar yo`lda telefondan foydalanishi mumkinmi?” kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!