Bosh prokuratura bosh vazir o`rinbosari jinoiy javobgarlikka tortilganini rad etdi

10:17, 28 iyun

O`zbekiston bosh prokuraturasi bosh vazir o`rinbosari — “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Ulug`bek Ro`ziqulovning jinoiy javobgarlikka tortilgani va unga nisbatan uy qamog`i ko`rinishidagi choralarning qo`llangani to`g`risida ayrim saytlarda e`lon qilingan xabarlarni rad etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

“Mazkur ma`lumot haqiqatga to`g`ri kelmaydi, ayni paytda Bosh prokuraturada Ro`ziqulov U.ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilmagan”, — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati dushanba kuni e`lon qilgan xabarda.

Xabarda yuqori aytib o`tilgan ma`lumotlarning aynan qaysi saytlarda e`lon qilingani aniqlashtirilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!