Lola: “Fotosessiyalarni yoqtirmayman, biroq yilda bir marta ko`zingizni quvnatishim kerak”

10:19, 28 iyun

O`zbek estradasi vakilasi Lola o`z Instagram sahifasiga yangi fotosessiyasidan rasm joyladi va unga izoh sifatida fotosessiyalarni yoqtirmasligini yozib qo`ydi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda

«Rostini aytganda fotosessiyalarni yoqtirmayman. Bitta fotosessiyada ishtirok etishdan ko`ra 10 ta klipda suratga tushganim osonroq», — deb yozgan xonanda kayfiyati yo`q smaylikni qo`yishni ham unutmadi.

«Fotosessiya jarayonida men o`zimni noqulay sezaman, uni his qilolmayman. Kamera qarshisida o`ynashing kerakligi men tushunmaydigan va eplay olmaydigan jarayon».

«G`alati tuyulishi mumkin, biroq videoda suratga tushayotganimda men syujet ichida yashayman. Kamera ishini qilib olguniga qadar o`zimni qanday tutishim kerakligi yoki unga qanday qarashim lozimligini xayolimga ham keltirmayman. Shunchaki hissiyotlarimni tashqariga chiqaraman va bu kadrda qanday ko`rinayotgani haqida o`ylamayman. Barchasi keyinroq — montaj vaqtida ko`rinadi».

Lola kliplari ssenariysini o`zi yozishiga ham sha`ma qilgan: «Video uchun ssenariy yozayotganimda kartinani ko`z oldimda to`liq gavdalantiraman va har bir detalga e`tibor qarataman. Shuning uchun uni shunchaki o`yin demagan bo`lardim, u s`yomka maydoni ichidagi kichik bir hayotga ko`proq o`xshaydi. Unga qalbingni bera olasan. Fotosessiyalarda esa men hozircha buni his qila olganim yo`q».

Qo`shiqchi kasbi ba`zida o`z hukmlarini o`tkazib turishi va bu hech bo`lmaganda yilda bir marta amalga oshishi mumkinligini qo`shimcha qilib, «men yangi fotosuratlarim bilan ko`zingizni quvnatishim kerak», — deya fikrini yakunlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!