Qirg`izistonlik fuqaro Google ofisida o`tov qurdi

10:22, 28 iyun

AQShga Qirg`izistondan kelgan Google kompaniyasining Kaliforniya ofisida ishlovchi Tilek Mamutov milliy o`tov qurdi va uning suratini Facebook dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi  “Lenta.ru” nashri.

“Google” ofisida o`tov qurishimga yordam bergan hamkasblarim Emili va Richardga minnatdorchilik bildiraman. Hozirda biz o`tovdan uchrashuvlar o`tkazish uchun foydalanmoqdamiz”, deb izoh qoldirgan Tilek Mamutov.

Ijtimoiy tarmoqdagi ma`lumotlarga ko`ra, Tilek Mamutov 2007 yildan beri kompaniyada menejer lavozimida ishlab kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!