“Yoshim 40 da. Oliy ma`lumot olishni istayman”

10:27, 28 iyun

Oliy ta`lim muassasalariga kirish istagida bo`lgan va ayni hujjat topshirish payida yurgan yurtimiz yoshlari tomonidan berilgan savollarga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev javob beradi.

“Ayting-chi, oliy ta`lim dargohlariga o`qish yoshi chegaralanganmi?”

A.Mirzaev, Qashqadaryo viloyati

— Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olish yoshi chegaralanmagan. Necha yoshda bo`lishidan qat`i nazar o`qish istagida bo`lgan shaxs barcha abiturientlar singari hujjat topshirib, test sinovlarida qatnashishi mumkin. Biroq o`qishga hujjat topshirguniga qadar biror tashkilotda ishlagani yoxud boshqa holatlarni aniqlashtirish uchun qo`shimcha ma`lumotnomalar so`ralishi mumkin. 

Shuningdek, agarda shaxs avval biror oliy ma`lumotni olgan bo`lsa-yu, buni sir tutgan holda hujjat topshirib, holat aniqlashtirilsa, qonunchilikka ko`ra javobgarlikka tortiladi.

“Darakchi” gazetasining 30 iyun kuni sotuvga chiqadigan 26-sonida OTMlarga hujjat topshirishdagi 5 ta muammoli savollarga asosli javob olishingiz mumkin!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!