Paxmoq sochli ota va qiz internet foydalanuvchilari diqqatini jalb etdi(Foto)

10:31, 28 iyun

Benni Garlem (Benny Harlem) va uning qizi Instagram ga suratlarini joylashtirgandan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`rtasida mashhurlikka erishdi. Paxmoq sochli erkakning akkauntini 143 ming kishi kuzatib boradi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Benni Garlem AQShda istiqomat qiladi, modellik biznesi, aktyorlik va musiqa bilan shug`ullanadi. U olti yoshli qizi Jeksin bilan birga afrikacha uslubda kiyinadi va soch turmaklaydi, podiumda afrikaliklarning liboslarini namoyish qiladi. Garlemning aytishicha, uning oilasi soch yuvish uchun tabiiiy mahsulotlardan tayyorlangan, o`zlari ishlab chiqargan shampundan foydalanadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!