Umidaxon: “Bo`lajak turmush o`rtog`im san`atkor bo`lsa...”

11:47, 28 iyun

Xonanda Umidaxon “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasiga bergan intervyusida sportning dzyu-do turida erishgan muvaffaqiyatlari, bo`lajak turmush o`rtog`i, tasavvuridagi romantik uchrashuv haqida so`zlab berdi. 

“Hozircha ijodimga doir rejalashtirilgan ishlarimni amalga oshirmoqchiman. Keyin shaxsiy hayot haqida o`ylayman. Bo`lajak turmush o`rtog`im san`atkor bo`lsa albatta yaxshi. Boshqa kasb egasi bo`lsa ham, asosiysi san`atimni tushunib, hurmat qiladigan, ijodimga qarshilik qilmaydigan inson bo`lsin deyman. Farzandlarim ikkita bo`lishini istayman: O`g`il va qiz. Yana bir eng katta orzuim bu, farzandlarimdan biri, kasbimni davom etirsa deyman”,—deydi Umidaxon kelajakdagi oruzlari haqida so`zlar ekan. 

Xonanda bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining 30 iyun kuni sotuvga chiqadigan 26-sonida tanishishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!