Xitoylik bir oyoqli yigit va bir qo`lli qizning raqsi internetni larzaga keltirdi(Video)

12:11, 28 iyun

Bir oyoqli yigit va bir qo`lli qizning raqsi ommani larzaga soldi va hech kim ko`z yoshini tiya olmadi, deb xabar berdi “Interesno.cc” nashri. 

Ular ilk marotaba 2007 yilda milliy raqs tanlovida ishtirok etishgan. Bunga qadar mazkur tanlovda nogironlar ishtirok etmagan. O`shanda ular kumush medalni qo`lga kiritgan edilar. Tanlovda 7000 ga yaqin ishtirokchi qatnashgan bo`lsa ham,   

Ma Li ( Ma Li) va Tao Syaovey  (Zhai Xiaowei) ning raqsini tomoshabinlar o`rnidan turgancha, olqishlab kutib olishgan va ularning nomeri xitga aylangan.

Xitoylik nogiron raqqoslar Ma Li va Tao Syaovey ilk marotaba San Bao (San Bao)ning “Qo`lni qo`lga berib” musiqasiga raqs sahnalashtirilgan baletni ijro etishgan. 

Ma Li 19 yoshida avtohalokat tufayli qo`lidan ayrilgan bo`lsa, Tao Syaovey 4 yoshida baxtsiz hodisa tufayli oyog`idan ajralib, majruh bo`lib qolgan.

Ma Li 11 yoshidan beri raqs bilan shug`ullanib kelgan bo`lsa-da, avtohalokatdan keyin 5 yilgacha raqsga tushishga jur`ati etmagan. Hattoki tushkunlikka tushganidan o`z joniga qasd qilmoqchi ham bo`lgan. Ammo kunlardan bir kun nogironlar ishtirokida o`tkazilgan san`at kechasida qatnashish uning hayotini tubdan o`zgartirib yuboradi. Shunda Ma Li hali raqs bilan shug`ullanishiga imkoniyat borligini tushunib etadi. 

Tao Syaovey esa bolaligida raqs bilan shug`ullanmagan. U 4 yoshdaligida traktor tagida qolib, oyog`idan ayrilgan. Biroq nogironligiga qaramay, mashhur sportchi-velosipedchi bo`lishga ham ulgurgan edi. U Ma Li bilan tanishib qoladi, shunda qiz undan “raqsga tusha olasanmi?” deb so`raydi. Tao hech qachon bu ish bilan shug`ullanmaganligini bildirgan. Shunda qiz unga birga duet ijro etishni taklif qiladi. Ular birgalikda raqsni omma e`tiboriga havola etish uchun ertalabki soat sakkizdan tungi o`n birgacha ter to`kib, mashq qilishadi. Ammo ularning birgalikdagi go`zal raqsi bu mashaqqatlarni unutishlariga sabab bo`ldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UTrb6i7gJAk" frameborder="0" allowfullscreen></iframe>

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!