Viktoriya Bekxem sarviqomatlik sirini oshkor qildi

14:24, 28 iyun

Viktoriya Bekxem 40 yoshga to`lganiga, to`rt farzandning onasi bo`lishiga qaramay, qomatini ideal darajada saqlagan ayollardan biridir, deydi “Interesno.cc” nashri. 

Devid Bekxemning rafiqasini aksariyat hollarda anoreksiyada va ovqat hazm qilish a`zolarida muammolari borlikda ayblashadi. Aslida esa Viktoriya oddiy qoidalarga amal qiladi va tinimsiz jismoniy mashqlarni bajaradi. U boshqa tengdosh ayollar kabi sellyulitdan qo`rqadi. Shuning uchun yoshligini saqlab qolish ilinjida o`zini qiynab bo`lsa ham og`ir jismoniy mashqlarni bajarishga harakat qiladi. Qomatini saqlashda u tuxumsimon shaklga ega bo`lgan maxsus trenajyordan foydalanadi. Trenajyor ichiga kirib olgan Viktoriya tinimsiz ravishda uning pedalini aylantiradi.  

Vakuum texnologiyasi yordamida tananing pastki qismida qon aylanishi yaxshilanadi va yog`lar eriydi. Bu jarayonning yagona kamchiligi narxi qimmatligidir. Bekxem xonim velotrenajerdan tashqari yugurish jarayonida raqsga tushadi, sakraydi, zarba beradi va turli mashqlarni bajaradi.

Ovqatlanganda asosan parhez taomlarni (sabzavotlarni, mevalarni, baliq va freshni) iste`mol qiladi. Yuqori kaloriyali shirinliklar o`rniga ta`mi muzqaymoq ta`mini eslatadigan muzlatilgan uzum eydi. 

Viktoriya Bekxem bergan intervyularida kuniga to`rt mahal ovqatlanishini va jismoniy mashqlarni bajarishini aytib o`tadi. Uning eng ko`p bajaradigan mashqlaridan biri o`tirib-turish bo`lib, uni kuniga 200 marotaba takrorlaydi. Ovqatlanganda esa shakar, tuz, va yog`ni umuman iste`mol qilmaydi.

Viktoriyaning taxminiy menyusi:

Nonushtaga: bir bo`lak quruq tovada qovurilgan kepakli non va bir finjon ko`k choy.

Ikkinchi nonushta: banan va uzumdan tashqari har qanday mevali, hech nima qo`shilmagan salat.

Tushlik: Sabzavotlar qo`shib dimlangan tovuq to`shi va bir finjon ko`k choy.

Kechki ovqat: Krevetka qo`shilgan ko`katli salat.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!