Hayotingizni o`zgartirishga qodir bo`lgan 2 sehrli so`z

15:03, 28 iyun

Bu bizga bolaligimizdan beri qulog`imizga quyiladigan “rahmat” va “iltimos” so`zlari emas, balki “etarli” va “loyiqman” degan so`zlardir, deb ma`lumot berdi “Interesno.cc” nashri.

Demak, gapni “etarli” dan boshlaymiz... Nima uchun hayotda aziyat chekamiz? Doimo nimadir etishmayotganidan noliymiz. Bizga pul, mehr-muhabbat, e`tibor, o`zimizga nisbatan bo`lgan ishonch va hokazolar etishmaydi. Agar butun diqqat-e`tiborimizni “etishmaydi”ga emas, balki “hamma narsam etarli”ga qaratsak, nima bo`ladi?  

Axir Koinot sizga o`zingiz istagan narsani, kun bo`yi o`ylaganingizni hadya etish qudratiga ega! “Menda muhabbat hissi etarli darajada” deb o`ylashga harakat qiling, bu gaplarni aytayotganda nimani his qilayotganingizga e`tibor bering. O`zingiz sezmagan holda qalbingiz quvonchga to`lishiga ishonchimiz komil. “Pulim, baxtim, omadim etarli darajada!” yoki bo`lmasa vaziyatdan kelib chiqib, “yo`lda joy etarli darajada” (haydovchilar) va hokazo deb o`ylash mumkin. Bu so`zdan istagan shaklda foydalanish mumkin. O`zingizni hamma narsasi etarli odamday his qilishga harakat qiling. Biror nimaga egalik qilishni istasangiz, sehrli so`zni eslab, takrorlashdan charchamang. Bu so`zlarni biror narsaga yozib, ko`zga ko`rinadigan joyga ilib qo`yishingiz ham mumkin. Etishmovchilik sizdan uzoqdaligini, sizning hamma narsangiz etarli ekanligi haqida o`ylang. 

Endi ikkinchi so`z “loyiqman”ni olib ko`ramiz. Agar sizga biror narsa etishmasa, demak u sizga kerak emas yoki o`zingizni unga loyiq ko`rmaysiz. Demak, yana yuqoridagi sxema bo`yicha “Men sevishga loyiqman! Baxtli bo`lishga loyiqman! Hurmat-e`tiborga sazovor bo`lishga loyiqman! Avtomashina egasi bo`lishga loyiqman! Olamdagi jami, eng yaxshi narsalarga egalik qilishga loyiqman!” deb takrorlang.

Bu so`zlarni to o`zingiz ishongunga qadar tinmay takrorlang, shunda haqiqiy mo``jiza ro`y berishining guvohi bo`lasiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!