Ledi Gagaga Xitoyga kirish taqiqlandi

15:59, 28 iyun

Xitoy hukumati amerikalik qo`shiqchi Ledi Gaganing ijodini taqiqladi, bunga Ledi Gaganing tibetlik, budda diniga mansub aholining etakchisi, Dalay-lama bilan uchrashgani sabab bo`lgan. Qo`shiqchi Pekinga kiritilishi taqiqlangan qo`shiqchilarning qora ro`yxatiga tirkalgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, Ledi Gaga bilan Dalay-lamaning suhbati Xitoy hukumatining g`azabini keltirgan. Tibetlik ruhoniyni Pekinda rohiblik libosini kiygan bo`ri deb atashgan.

Xitoy Kommunistik partiyasi mediakompaniyalarga mamlakat hududida Ledi Gaganing qo`shiqlari yangrashini taqiqlash haqida farmoyish berdi. Ommaviy axborot vositalariga esa xonandaning Dalay-lama bilan bo`lgan suhbatini yoritish buyrug`i berilgan.

Ledi Gaga va Dalay-lama 26 iyun kuni AQShning Indiana shtatida uchrashgan. Ular suhbat davomida ezgulik, sabr-bardosh, rahm-shafqat va meditasiya haqida so`z yuritishgan. Suhbat teleboshlovchi va jurnalist Enn Karri ishtirokida 20 daqiqa davom etgan.

Dalay-lama XIV Tenszin Gyamsxo 1989 yilda Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. U 1959 yilda tibet aholisining Xitoy hukumatiga qarshi ko`targan isyonidan keyin Pekinni tark etishga majbur bo`lgan. Shundan beri Dalay-lama XIV Hindistonda yashaydi. Uning nomi Xitoyda tibet separatchilarining rahbari sifatida e`lon qilingan.

Pekin ilgari ham Dalay-lama bilan uchrashgan xonandalarning, shu jumladan Maroon 5, Bork va Oasis larning ijodini taqiqlagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!