Turkiya urib tushirilgan Su-24 uchun tovon to`lash fikridan qaytdi

16:17, 28 iyun

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 harbiy qiruvchi samolyoti uchun tovon puli to`lashdan bosh tortdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Yozilgan xatda Turkiya faqat kechirim so`ragan, u erda tovon puli to`lash haqida gap bo`lmagan”, dedi hukumat rahbari.

Yildirim shuningdek, ayni vaqtda rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkovning halokatiga sabab bo`lgan shaxs ustidan sud ishlari ketayotganligini ta`kidlab o`tgan.

Ilgari bosh vazir TRT telekanali efirida Anqaraning Rossiya Su-24 qiruvchi harbiy samolyoti urib tushirilgani uchun Turkiya hukumati tovon puli to`lashga roziligini bildirgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!