Davlat test markazi saytida OTMlarga hujjat topshirgan abiturientlar sonini onlayn bilish imkoni paydo bo`ldi

10:02, 29 iyun

Xabaringiz bor, 2016/2017 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlandi. Bu haqda “Uz24.uz” sayti xabar bermoqda.  

Shu munosabat bilan Davlat test markazi saytida abiturientlar uchun maxsus sahifa ishga tushirildi. Mazkur sahifada OTMlarga hujjat topshirayotgan abiturientlarning soni real vaqtda nechta bo`lganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, ushbu sahifada respublikadagi barcha OTMlarning yo`nalishlari bo`yicha qabul kvotalari ham ko`rsatilgan. 

Ma`lum qilinganidek, joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo`yicha kunduzgi bo`limlarga umumiy qabul kvotasi 57 907, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha 19 120 va to`lov-kontrakt asosida 38 787 nafar miqdorida belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!