“PSJ”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

11:52, 29 iyun

Fransiyaning “PSJ” klubi Unai Emerini bosh murabbiy sifatida tayinlaganini rasman ma`lum qildi. 44 yoshli murabbiy Loran Blan o`rnini egalladi. 

Parijliklar Emeri bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ushbu muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Tajribali mutaxassis  “Sevilya” boshqaruvida ketma-ket uch marta Evropa ligasida g`oliblikka erishgan. 

Aynan shu sababli ham parijliklar Emerining tajribasiga tayangan holda Evropa Chempionlar ligasida g`olib chiqmoqchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!