Turkiya hukumati Su-24 uchuvchisining oilasiga tovon to`lash shartlarini aytdi

11:54, 29 iyun

Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 samolyoti uchuvchisi halok bo`lgan Oleg Peshkovning yaqinlariga tomon to`lash masalasini ko`rib chiqishga tayyor ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda 28 iyun kuni Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin xabar berdi, deb yozadi TASS.

Uning so`zlariga ko`ra, Anqara halok bo`lgan uchuvchi oilasining dardiga oro kirish maqsadida qadam qo`yishga tayyor, faqat buning uchun uchuvchining oilasi tomonidan so`rov jo`natilishi kerak. “Hozircha bunday so`rov kelib tushmagan”, — deydi u.

Kalinning ta`kidlashicha, mamlaktalar o`rtasidagi munosabatlarning normallashuvi Suriya, Ukraina, Qrim va boshqa hududiy masalalarni muhokama qilish yo`lida yangi sahifa bo`ladi.

Seshanba kuni Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat tovon puli to`lashga tayyor ekanligini ma`lum qilgandi. Keyinroq siyosatchi Su-24 zararini qoplashdan bosh tortganini aytdi. «Tovon puli to`lash haqida hech qanday gap bo`lmadi, Turkiya faqat kechirim so`radi», — deydi hukumat rahbari.

27 iyun kuni Turkiya rahbari Rajab Toyip Erdo`g`an Rossiya rahbari Vladimir Putindan urib tushirilgan samolyot uchun kechirim so`radi.

Moskva va Anqara o`rtasidagi munosabatlar 2015 yilning kuzida turk harbiy havo kuchlari tomonidan Suriyadagi antiterrorchilik operasiyasida ishtirok etayotgan Su-24 bombardimon samolyotini urib tushirilgandan so`ng yomonlashgan. Ikki uchuvchi ham samolyotdan katapulta bo`lishga muvaffaq bo`lgan. Shturman Konstantin Muraxtin erga eson-omon qaytgan, uchuvchi Oleg Peshkov esa erdagi jangarilar tomonidan o`qqa tutilgan va halok bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!