Rasman: Vinchenso Montella – “Milan” bosh murabbiyi!

11:57, 29 iyun

Italiyaning “Sampdoriya” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Vinchenso Montella rasman “Milan”a`zosiga aylandi.

Montella milanliklar boshqaruvida Kristian Brokkining o`rnini egalladi. “Rossoneri” rahbariyati murabbiy bilan 2 yillik shartnoma imzolandi. Kelishuvga ko`ra, Montella “Milan”da yiliga 2,3 million evro maosh oladi.

Shuningdek, mutaxassis “Sampdoriya”dan ketgani uchun ularga tovon puli to`laydi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili “Milan” Italiya chempionatini 7-o`rinda yakunlagan va Italiya Kubogi finaliga qadar etib kelgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!