Toshkentda bugun tunda zilzila qayd etildi

12:00, 29 iyun

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 29 iyunga o`tar kechasi tunda  Toshkentda zilzila qayd etilgani haqida xabar berdi.

“Toshkent” seysmostansiyasi ma`lumotlariga ko`ra, 29 iyun kuni tungi soat 02 dan 38 daqiqa o`tganda O`zbekiston poytaxtida zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 450 km janubi-sharqda Tojikiston va Xitoy hududi yo`nalishida bo`lgan. 

Zilzila magnitudasi - 5,4, Toshkentda zilzila kuchi 2 ballni tashkil qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!