Rio-de-Janeyro polisiyachilari sayyohlarni “Jahannamga xush kelibsiz!” degan yozuv bilan kutib oldi

14:13, 29 iyun

Rio-de-Janeyro aeroportida norozilik namoyishini o`tkazayotgan polisiyachilar sayyohlarni “Jahannamga xush kelibsiz! Polisiya va yong`in xavfsizligi xodimlariga maosh berilmayotganligi tufayli Rio-de-Janeyro shahriga tashrif buyurgan odamning hayoti  xavf ostida qoladi!” degan yozuv bilan kutib oldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Aeroportdan shaharga eltuvchi yo`lga esa noma`lum shaxslar “Xush kelibsiz, bizda kasalxona yo`q!” deb yozib qo`ygan.

Ma`muriyatning xabar berishicha, hozirda Rio-de-Janeyro “favqulodda nochor vaziyat”ga tushib qolgan. 17 iyun kuni gubernator Fransisko Dornelles huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik transporti xodimlariga federal byudjetdan qo`shimcha mablag` ajratishni talab qilib, aks holda bu xizmatlar faoliyati to`xtab qolishini ta`kidlagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!