“O`zbekiston havo yo`llari” Istanbul-Toshkent reysi vaqti o`zgargani haqida ma`lum qiladi

14:37, 29 iyun

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 28 iyun kuni Istanbul-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY-274 reysini amalga oshirishi kerak bo`lgan yo`lovchilarini “Otaturk” aeroporti Turkiya hukumati qarori bilan vaqtincha yopilgani munosabati bilan parvozni amalga oshirish vaqti va sanasi o`zgarganligini ma`lum qiladi.

«O`zbekiston havo yo`llari» MAK matbuot xizmatining xabar berishicha, Istanbuldan Toshkentga 28 iyun kuni amalga oshirilishi kerak bo`lgan HY-274 reysi 29 iyun kuniga ko`chirilishi ko`zda tutilgan.

Parvoz vaqti – 20:00 (mahalliy vaqt). Yo`lovchilarni Otaturk aeroportida ro`yxatga olish 17:00 (mahalliy vaqt) da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!