Qozog`istonda mashhur teleboshlovchiga uyushtirilgan suiqasd skanvord savoliga aylandi

15:41, 29 iyun

Qozog`istonlik mashhur teleboshlovchi va prodyuser Bayan Esentaevaga nisbatan uyushtirilgan suiqasd gazetada chop etilgan skanvord savoliga aylandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Gazetadagi skanvordda o`quvchiga teleboshlovchiga eri pichoq sanchgan joy manzilini topish vazifasi yuklangan. Bu savol barchani hayratga soldi. Shu bilan birga ko`pchilik o`quvchilar bu g`alati savolning javobini topishga harakat qildi. 

NUR KZ nashrining ma`lumot berishicha, 10 iyun kuni teleboshlovchi Bayan Esentaevaning turmush o`rtog`i Baxitbek Esentaev Olma-Ota aeroportiga rafiqasini kutib olish uchun borgan. Esentaev mast bo`lganidan mashinani jiyani boshqargan. Aeroportga etib kelgach, rafiqasini mashinaga turtib o`tqazgan va yo`l davomida uni orqa o`rindiqda kaltaklab kelgan. Olma-Otadan Talagarga eltuvchi Kuljin traktiga etganda Esentaev jiyanini ruldan tushirib yuborib, mashinani ichidan berkitib olgan va rafiqasining qorniga pichoq sanchgan.

Bayan Esentaeva o`sha kunning o`zidayoq etkazilgan og`ir tan jarohati tufayli Talgar tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, teleboshlovchi yopiq bosh miya shikasti olgan, ko`zi, pichoq sanchilgani tufayli ingichka va yo`g`on ichagi qattiq jarohatlangan, burun suyagi singan.

Baxitbek Esentaev ikki oyga qamalgan. Unga nisbatan Qozog`iston respublikasi JKning ikki moddasi, ya`ni inson sog`ligiga zarar etkazish va suiqasd qilish kabi moddalar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!