Istanbul xalqaro aeroporti uchkarra teraktdan so`ng faoliyatini qayta tikladi

16:19, 29 iyun

Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroport bir qator portlashlardan so`ng faoliyatini qayta tikladi. Hudkush terrorchilarning harakatlari oqibatida 36 kishi qurbon bo`ldi, 140 dan ortiq kishi yaralandi. Aksariyat jabrlanganlar Turkiya fuqarolaridir.

Teraktlar oqibatida to`xtatilgan aviaqatnov to`liq tiklandi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim xabar berdi

“Surishtiruv tadbirlari hali davom etmoqda. Ammo aeroport ochiq, havo qatnovi avvalgi tartibga qaytgan”, - deydi vazir.

Avvalroq bir qator aviakompaniyalar Istanbul reysini bekor qilgan edi.

Polisiya xodimlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirildi: yo`lovchilar va aeroport xodimlari evakuasiya qilindi, terminaldan chiqayotgan barcha ko`zdan kechirildi, shu bilan birga butun bino va uning atrofidagi avtomobillar ko`zdan kechirildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!