Ahmadboyning qilmishlari to`g`risida "Ahmad vasvacasi" nomli ko`rsatuv efirga uzatiladi

23:33, 29 iyun

30 iyun kuni O`zMTRKning "O`zbekiston", "Toshkent" va "Yoshlar" telekanallarida chinozlik Ahmadjon Tursunboev haqida "Ahmad vasvasasi" nomli ko`rsatuv efirga uzatiladi.

Ko`rsatuv soat 18:10 da "O`zbekiston" telekanalida, 19:15 da "Toshkent" telekanalida, 20:20 da "Yoshlar" telekanalida namoyish etiladi, deya xabar beradi Uz24 nashri.

Unda Ahmadjon Tursunboevning noqonuniy faoliyati haqida batafsil ma`lumot beriladi, o`zining fikrlari va iqrorliklari keltiriladi.

Ahmadjon Tursunboev aholi o`rtasida Ahmadboy  nomi bilan tanilgan. U odamlardan yiliga kamida 100 foizlik dividend to`lash, ya`ni ikki barobar qilib qaytarishni va`da qilib, juda katta omonat mablag`larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug`ullanib kelgan. Shuningdek, u foizlik ustama to`lash sharti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan. Hozirgi kunda Ahmadjon Tursunboevga pul bergan yoki pul olgan odamlar soni bir necha o`n mingga etgan.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida Tursunboev Ahmadjon va uning yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga qarashli korxonalarda aytib o`tilgan tartibda o`zlashtirilgan 13 mlrd 139 mln so`m va 7 mln 900 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag` mavjudligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!