Indoneziyada dunyodagi eng semiz bolakay yashaydi(Foto)

09:54, 30 iyun

Indoneziyada yashovchi 192 kilogramm vaznga ega 10 yoshli bolakay majburan parhez tutishga jalb qilindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Nashrning ma`lumot berishicha, bu bolakay dunyodagi eng semiz bola hisoblanadi. Endilikda uning rasioni faqat jigarrang guruchdan iborat bo`ladi. 

Arya Permana bunga qadar bir kunda besh marta ovqatlangan edi. Ma`lum bo`lishicha, bolakayning ishtahasi ikki nafar katta odamniki bilan teng. 

Bolaga ortiqcha vazn bemalol harakatlanishiga xalaqit beradi. Shuning uchun ham bolakay maktabdagi o`qishini to`xtatishiga to`g`ri keldi. 

Arya nafas olish tizimidagi muammolar sabab tezda charchab qolmoqda. 

Ortiqcha vazn sog`lig`iga xavf solayotgan bola majburan parhezga o`tqazildi. Uning onasining aytishicha, Arya o`zining ortiqcha vazni tufayli birorta kiyim kiya olmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!