Andijonlik fuqaro mahalladoshining Nexia`sini olib qochdi

09:57, 30 iyun

Andijon shahar IIB Navbatchilik qismiga Andijon tumanida yashovchi 1989 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, noma`lum shaxs uning Nexia rusumli avtomashinasini g`ayriqonuniy ravishda tortib olib ketganliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

U avtomashinasini “Milliy tiklanish” mahallasi hududida boshqarib ketayotgan paytda, u bilan birga kelayotgan yo`lovchi birdan avtomashinani to`xtattirib, uni zo`rlik bilan tushirib yuborib, avtomashinani noma`lum tomonga haydab ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi qo`lga olindi. U Andijon tumani Pistamozor mahallasida yashovchi 1989 yilda tug`ilgan fuqaro bo`lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!