Istanbulda teraktni amalga oshirgan xudkushlardan birining shaxsi aniqlandi

10:09, 30 iyun

Turkiyaning “Xaber Turk” nashri Istanbul aeroportida teraktni amalga oshirgan xudkushning videokuzatuv kamerasidagi stop-kadr suratini chop etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.   

Mahalliy OAVning ma`lumotiga ko`ra, u Turkiya fuqarosi Muslim Sariyyar bo`lib chiqdi. Istanbulning Otaturk aeroportida sodir etilgan terakt oqibatida 42 kishi halok bo`lgan, 200 dan ortiq kishi yaralangan, ularning aksariyati kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Istanbul fojiadan keyin asta-sekinlik bilan o`ziga kelmoqda. Aeroport faoliyatini davom ettirib, reyslar jadval bo`yicha amalga oshirilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!